Fanatik: "Chelsi" "Fenerbaxche"ga Emenike uchun 20 million evro taklif qildi"

Tolibjon Qosimov
29 iyun 2014, 12:10
Chelsi Fenerbaxche hujumchisi Emmanuel Emenike uchun kurashga qo'shildi.
Futbolchiga Zenit va Rubin klublari ham qiziqishmoqda. Fanatik nashrining xabariga ko'ra, London klubi 27 yoshli Nigeriya terma jamoasi a'zosi uchun 20 million evro taklif qildi.

Ko'klar bosh murabbiyi Joze Mourinyoga Emenikening JCH-2014 guruh bosqichidagi o'yini yoqdi.

Emenike bu borada o'z fikrlarini bildirdi: Agar Angliyadan taklif bo'lsa voz kechmayman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru