Falkao Turkiya jamoasiga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 12:12
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Galatasaroy" klubi da'vogarlik qilmoqda. Tomonlar muzokaralarni yakunlashgan va transfer kelishib olingan. 

O'tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi Liga 1`da 33 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Oldinroq uning xizmatlariga "Valensiya" va "Atletiko", shuningdek, Xitoy va Saudiya Arabistonidan takliflar borligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe