Falkao: "Jurnalistlar meni jo'natmagan faqatgina boshqa sayyora klubi qoldi"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016, 10:33
"Chelsi" hujumchisi Radamel Falkaoning so'zlariga ko'ra, uning tizzasidagi og'riq to'xtadi.

"Tizza jarohati endi bezovta qilayotgani yo'q. Muammo shundaki, menda mavsumni boshidan oxirigacha o'ynash va ishonchimni tiklash imkoniyati bo'lmadi. Odamlar turli xil gaplarni aytishyapti, ammo bazida meni tushunadiganlar ham topilyapti.

Har bir inson o'z fikriga ega, ammo jurnalistlar o'z so'zlari uchun javobgarlikni his qilishi kerak. Ularga aniqlik yetishmayapti. Jurnalistlar meni jo'natmagan faqatgina boshqa sayyora klubi qoldi" - deydi Falkao.

Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Semana