FAKT! "Surxon" joriy mavsum 10 kishi bo'lib qolgan o'yinlarda yutqazmagan, jamoaning jami 4 nafar futbolchisi chetlatilgan

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 23:22
Biroz avval "Andijon"ga qarshi bahsda (0:0) "Surxon" futbolchisi Behruz Shaydulov maydondan chetlatilgandi.

Mazkur qizil kartochka termizliklar uchun joriy mavsumdagi to'rtinchisi sanaladi. Qiziq jihati, Sergey Arslanov shogirdlari 10 kishi bo'lib harkat qilgan to'rt uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchramagan.

Eslatib o'tamiz, Shaydulovdan tashqari Tamirlan Jamalutdinov ("Buxoro", 2:0), Asadbek Karimov ("Bunyodkor", 1:0) hamda Kamron Saidazimov ("Metallurg", 1:0) ham o'yinni muddatidan avval yakunlagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia