FAKT! "Navbahor" shu vaqtgacha Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmagan

Aslanov Jasurbek
18 may 2021, 11:28
Bugun Superliganing to'qqizinchi tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Xususan, Toshkentda  "Bunyodkor"  va  "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Qiziqarli va murosasiz o'tishi kutilayotgan mazkur bahs oldidan faktlar va ma'lumotlarni berishni boshlaymiz. 

Viktor Jalilov murabbiyligidagi  "Navbahor" shu vaqtgacha Superliga doirasida "qaldirg'ochlar"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan. Poytaxtda o'tgan 15ta uchrashuvning 2tasida durang natija qayd etilgan, qolgan 13 bellashuvda  "Bunyodkor" ning qo'li baland kelgan. 

2007.05.05. 8-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:1

2008.03.02. 1-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 1:0

2009.06.21. 13-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 6:0

2010.08.26. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2-0

2011.03.12. 2-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2012.10.19. 23-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2013.09.20. 19-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 5:0

2014.05.02. 7-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:0

2015.04.17. 5-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 2:0

2016.11.17. 29-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:1

2017.11.03. 27-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:2

2018.07.24. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:1 

2018.10.03. 25-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:0

2019.11.24. 24-tur. "Bunyodkor" - " Navbahor" 2:1

2020.07.13. 8-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 3:1

"Lochinlar" mana shu uchrashuvlarda 7ta gol urgan. Mezbonlar esa 36 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia