Fabregas "Barselona" qarorgohiga tashrif buyurdi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019
"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas FIFA kunlari vaqtida "Barselona" qarorgohiga tashrif buyurdi.

Ispaniyalik futbolchi "Barselona"ning asoschisi Joan Gamper nomidagi sport markaziga tashrif buyurdi.

31 yoshli futbolchi 2011-2014 yillar davomida "ko'k-anorranglilar" tarkibida harakat qilgan. "Barselona" tarkibida Fabregas Ispaniya Kubogi va chempionati, mamlakat Superkubogi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi bo'lgan.

2014 yilda xavbek "Chelsi"ga o'tdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS