Fabio Santini: “Konte Italiyaga qaytishi va “Milan”ni boshqarishi mumkin

25 okt 2017, 01:41
Italiyalik jurnalist Fabio Santinining aytishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte “Milan”ni boshqarishi mumkin.

“Kontening “Chelsi”dagi ishlari ko'ngildagidek emas. Jamoaning barcha 30ta futbolchisi o'z murabbiyiga qarshi. Bu italiyalik murabbiyni yana o'z yurtiga qaytishiga va “Milan”ni boshqarishiga sabab bo'lishi mumkin. Agar bu ish amalga oshadigan bo'lsa, Konte “rossoneri”lar rahbariyatidan jamoani kuchaytirishi uchun tarkibga yangi futbolchilarni olib kelish talabini ilgari suradi”, deya yozdi Santini o'zining Tvittyerdagi sahifasida.


O'xshash yangiliklar


Manba: football.kulichki.net