Fabio Kannavaro: "G'alaba bilan boshlashimiz muhim edi"

Mirjalol Normatov
9 okt 2025, 20:48
Kuvaytga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston milliy tyerma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Kecha aytganimdek hech bir o'yin oson bo'lmaydi. Har bir raqibni jiddiy qabul qilish kyerak. Uchrashuvni yaxshi boshladik. Mashg'ulotlarda ishlagan g'oyalarimiz ish byerdi. Futbolchilar meni eshitayotganidan mamnunman. Biroq hali ishlashimiz kyerak bo'lgan jihatlar ko'p. G'alaba bilan boshlashimiz muhim edi. Endi menda futbolchilar haqida ko'proq ma'lumot bor.

Negativlar, bu doimo bo'ladigan holat. Shu vaqtga qadar tanqidlar bo'lmaganmi, albatta, bo'lgan. Lekin ularga e'tibor qaratmayman. Doimo o'z ishim haqida o'ylayman. Muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan odamni ham hurmat qilish kyerak. Men futbolchilarga biroz agressiv bo'lish kyerakligini aytdim. To'psiz o'ynash ustida ishlashimiz kyerak. Raqib pressing qilmagan taqdirda ham bunga tayyor bo'lish kyerak. Birinchi gol mashg'ulotlar mevasi. 

Penaltini futbolchilar amalga oshiradi, biroq avval uni his qilish kyerak. Buning ustida ishlashda davom etamiz. Futbolda hamma narsani mashg'ulotlar orqali rivojlantirish mumkin. Fayzullayevning holati yaxshi, bu borada shifokorlar bilan gaplashdik.

O'z ustimizda ishlashda davom etishimiz kyerak. G'alaba qozonayotgan vaqtda ko'proq nazoratga urg'u byerish zarur. Hisob 2:0 bo'lib tirgan vaqtda oddiy holda to'pni yo'qotdik, raqibga imkon byermaslik bu eng muhimi. Biroq futbolchilar men ulardan so'raganimni bajara olishdi.

To'p nazorati ustida ishlashimiz zarur. Maydonda 90 daqiqa davomida faqat yugurish imkonsiz. Shu sabab futbolchilardan bir-birini yaxshiroq tushunish talab etiladi. 

Bizning futbol ko'p narsani o'z ichiga oladi. Umid qilamanki, futbolchilar bilan ko'proq gaplashamiz. Garchi doim birga bo'lmasa-da, ularga ishonch byerib, videolar orqali ishlashga harakat qilamiz", - dedi Kannavaro matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz