F16 qiruvchi samolyotlari Qatarga uchayotgan Polsha terma jamoasini mamlakat janubiy chegarasigacha kuzatib borishdi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2022, 18:00
Polsha terma jamoasi JCH-2022 uchun Qatarga F16 qiruvchi samolyotlari hamrohligida uchib ketdi.

Bu haqda Polsha termasi Twitter'ida shanday yozdi: 

"F16 qiruvchilari bizni Polshaning janubiy chegarasigacha kuzatib borishdi! Biz uchuvchilarga minnatdorchilik bildiramiz va olqishlaymiz

Qachonki siz nafaqat qiruvchi, balki Polsha terma jamoasi muxlisi bo'lsangiz", – deyiladi terma matbuot xizmati xabarida.



Shuningdek, suratlarda uchuvchilardan biri oynaga "Łączy nas piłka" ("futbol bizni birlashtiradi" – tahr.) yozuvini joylashtirganini ko'rish mumkin.

Seshanba kuni Ukraina chegarasidan 8 km uzoqlikda Polshada ikkita raketaning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo'lgani ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Laczy Nas Pilka