"Eyr Fors" klubining Toshkentga kech yetib kelgani sababi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023, 12:49
Avvalroq Iroq klubining juma kuni O'zbekistonga kelishi to'g'risida xabar berilgandi.

Iroqning "Eyr Fors" klubi kuni kecha Toshkentga yetib keldi. Jamoa OKMKga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi o'yinga kelish uchun fuqarolik samolyotini ijaraga olgan.

Klub rahbariyati a'zosi Muvafaq Zidanning takidlashicha, klubnig kechikishiga havo yo'nalishi orqali uchib ketishi kerak bo'lgan qo'shni mamlakatlardan ruxsat olishda yuzaga kelgan muammolar sabab bo'lgan. Jumladan, Tog'li Qorabog' voqealari tufayli Ozarbayjon o'z osmonidan uchib o'tishga ruxsat bermagan. Shu bois, jamoa parvozi kechroqqa qoldirilgan va 150 ming AQSH dollari evaziga "Iroq Airways" kompaniyasidan fuqarolik samolyoti ijaraga olingan. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Eyr Fors"ning juma kuni xususiy harbiy samolyotda Toshkentga uchishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

OCHL 2-turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvi Olmaliq shahrida soat 17:00 da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Shafaq News