Express: APLning boshqa bir grandi Koutino uchun 100 million to'lashga tayyor!

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019, 11:44
"Barselona"ning hujumkor futbolchisi Filippe Koutino "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

Londonliklar kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqishgan. Ular braziliyalik uchun 100 million evro to'lashga tayyor. Hozirda Koutino uchun kurashdagi asosiy raqib - "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi. Mankunianliklar Koutinoni sotib olish evaziga 160 million evro to'lamoqchi edi.

Bu mavsumda Koutino Primeroning 17 o'yinida qatnashdi va 4 gol urib, 2 golga assistentlik qildi. 26 yoshli futbolchi 140 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express