Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomi ma'lum bo'ldi

7 apr 2018, 08:40
“Arsenal” a'zosi Aaron Remzi bu nomga loyiq ko'rildi.

“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Aaron 70 foiz ovoz bilan birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'ringa esa Antuan Grizmann loyiq ko'rildi. U 17 foiz ovoz oldi. Uchinchi o'rin esa Timo Verner hamda Senad Lulichga nasib etdi. Ular 7 foizdan ovoz oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com