Aaron Remzi faoliyatini Meksikada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025
Uels terma jamoasining yarim himoyachisi Aaron Remzi Meksikaning "Pumas" jamoasiga o'tdi.

34 yoshli futbolchi erkin agent sifatida 1 yillik shartnoma imzoladi.

Ilgari "Arsenal" va "Yuventus"da to'p tepgan Remzi so'nggi ikki mavsumni "Kardiff"da o'tkazdi va jamoa Liga 1'ga tushib ketganidan so'ng vaqtincha bosh murabbiylik vazifasini bajargan edi. 

Yarim himoyachi yuqori darajada o'ynashni davom ettirish niyatida ekanligi va 2026 yilgi Jahon chempionatida Uels terma jamoasi tarkibida muhim rol o'ynashga umid qilayotganini qo'shimcha qildi:

Remzi KONKAKAF Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin. 7 iyul kuni "Pumas" Ispaniyaning "Leganes" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi, shundan so'ng Aperturada "Santos Laguna"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN