Yevropa ligasi. Mussa Sou - 4-turning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2016, 00:30
"Fenerbaxche"ning senegallik hujumchisi Mussa Sou Yevropa ligasida ushbu haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" 4-turda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi (2:1), Sou bahsning 2-daqiqasida akrobatik tarzda gol urdi.

Eng yaxshi bo'lish uchun quyidagi futbolchilar da'vogarlik qilishgan edi: Juliano ("Zenit", Rossiya), Tayson ("Shaxter", Ukraina), Edin Jeko ("Roma", Italiya), Patrik Tvumasi ("Astana", Kazaxstan), Aric Aduris ("Atletik", Ispaniya), Dimitar Rangelov ("Konyaspor", Turkiya) va Nikolae Stanchu ("Anderlext", Belgiya).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com