Yevropa klublari "Boka Xuniors" darvozaboni uchun kurashadi

23 dek 2019, 23:11
Andrada faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.

"Boka Xuniors" darvozaboni Esteban Andrada Yevropaning bir qator top klublari e'tibor markazida turibdi. Jumladan, "Atletiko", PSJ va "Yuventus" klublari 28 yoshli argentinalik futbolchiga da'vogarlik qilishmoqda. Andrada allaqachon agentiga Yevropa yo'l olishini ma'lum qilib, muzokara boshlashni so'ragan. 

"Transfermarkt" portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Argentina chempionatida 16 o'yinda maydonga tushgan golkiper 10 ta o'yinda darvozasining dahlsizligini saqlab qolgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports