Yevropa Chempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2015, 14:00
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi so'nggi saralash bosqichida o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz esa ushbu o'yinlarga bog'liq bo'lgan faktlar bilan tanishtirib chiqamiz.

"Bazel" - "Makkabi" Tel-Aviv

"Bazel" "Makkabi" bilan 4 marotaba to'qnash kelgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar 2013/14 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. Ikki o'yin YCHL saralashi doirasida bo'lib o'tgan bo'lsa, qolgan ikkitasi Yevropa Ligasi 1/16 final doirasida bo'lib o'tgan. Shveytsariyaliklar Murat Yakin qo'l ostida o'z maydonidagi ikkala o'yinda ham g'olib bo'lgan. Isroilda bo'lib o'tgan o'yinlarda esa durang qayd etilgan.

Ushbu mamlakatlar jamoalari o'rtasidagi 10 ta o'yindan 5 tasida Shveytsariya vakillari g'alaba qozonganlar. Birgina o'yinda esa isroilliklarning qo'li baland kelgan.


"Valensiya" - "Monako"

"Valensiya" o'z maydonida fransiyaliklarga qarshi bo'lib o'tgan 8 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. Faqatgina bir marotaba 2012/13 yili YCHL 1/8 finalida  PSJga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan.


"Seltik" - "Malme"

Bugun "Seltik"ka qarshi jamoaning sobiq futbolchisi Yo-Inge Berget maydonga tushishi kutilmoqda.

"Malme" bosh murabbiyi Oge Xareyde 2012/13 yilda "Xelsinborg" safida maydonda harakat qilgan va YCHL saralashida "Seltik"ka imkoniyatni boy berib qo'ygan. Shuningdek, shvetsiyaliklar futbolchisi Markus Rozenberg diskvalifikaciya sababli o'yinni o'tkazib yuboradi.


"Rapid" - "Shaxter" Doneck

"Rapid" 1985/86 yilgi mavsumda "Dinamo"dan 1:4 hisobida yutqazganidan so'ng hech qachon o'z maydonida ukrain jamoalariga mag'lub bo'lmagan.

"Shaxtyor" Avstriyadagi ikki o'yinda ham mag'lubiyatga uchragan. Birinchisi, 2002/03 yil UEFA kubogida "Austriya"ga 1:5. Ikkinchi marotaba esa 2006/07 yili YCHL saralashida "Zalcburg"ga 0:1 hisobida yutqazgan.


"Skenderbeu" - "Dinamo" Zagreb

"Skenderbeu" ilk marotaba YCHLning pley-off saralashiga chiqdi va har qanday holatda ham evrokuboklarning guruh bosqichida o'ynagan ilk alban jamoasi sifatida tarixga kiradi.

Ushbu o'yin "Dinamo"ning 18 yoshli albaniyalik yarim himoyachisi Endri Chekichi uchun alohida ahamiyatga ega: "Mening otam chaqaloqlik paytimda "Skenderbeu"da o'ynagan. Uning ushbu bahsda kimga muxlislik qilishiga shubham yo'q. Albatta, "Dinamo" va o'z farzandi uchun", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia