Yevropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
20 noya 2023, 08:41
Yanne Andersson Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Uning jamoadagi so'nggi o'yini Evro-2024 saralashida Estoniya bilan uchrashuv (2:0) bo'ldi.

Shvedlar Belgiya, Avstriya, Ozarbayjon va Estoniya bor guruhda uchinchi o'rinni egallab, Yevropa chempionatiga yo'llanma qo'lga kirita olmadi. Shuningdek, Andersson qo'l ostida shvedlar JCH-2022 yo'llanmasini ham qo'lga kirita olmagandi. Biroq Andersson terma jamoa bilan bungacha Evro-2020 va JCH-2018 da ishtirok etgan.

Shvetsiyalik mutaxassis 2016 yildan buyon o'z mamlakati jamoasiga ustozlik qilib kelardi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com