

“Zlatan bilan gaplashdim, afsuski u menga jarohati tufayli Evro-2020'da qatnasha olmasligini aytdi. Albatta, bu Zlatan uchun ham biz uchun ham qayg'uli yangilik. Umid qilamanki, u tez orada maydonga qaytadi”, deydi mutaxassis.
Ma'lumot o'rnida, 39 yoshli hujumchi A Seriya 35-turi doirasidagi "Yuventus" (3:0)ga qarshi o'yinda tizzasini shikastlab olgandi.



