


"Chelsi". APLning 8-turi yakuniga etdi ham-ki, Mourinyo shogirdlari o'zlariga kela olmayaptilar. APLda 16-o'rinda turish "aristokratlar"ga yarashmaydi.

"Arsenal". Bir qaraganda "kanonirlar"ning Premer-Ligadagi ishlari joyida. Biroq, YCHLning o'tgan ikki turiga nazar tashlaydigan bo'lsak Venger shogirdlari bekorga ushbu ro'yhatga kirishmagan.

"Yuventus". A Seriyada ketma-ket 4 mavsumdan beri chempionlikni hech kimga bermay kelayotgan turinliklar ayni paytda Italiya chempionatida 12-o'rinni egallab turibdilar.

"Milan". Mixaylovich shogirdlari ayni paytda A Seriya turnir jadvalida "Yuve" bilan yonma-yon ketmoqdalar.

"Borussiya M". Myunxengladbaxning "Borussiya"si o'tgan mavsumda Bundesligada uchinchi o'rinni egallagandi. Jamoaning Germaniya chempionatidagi bu yilgi natijasi esa 5 ta ketma-ket mag'lubiyat, kamiga YCHLda ham ikkala o'yinda mag'lub bo'ldi.

"Marsel". Belsa ketganidan so'ng ham jamoaning ishlari yurishmayapti. Klub ayni paytda Fransiya chempionatida 16-o'rinni band etgan

"Krasnodar". O'tgan mavsumda chempionlik uchun kurashgan Odil Ahmedov jamoadoshlari ushbu mavsumda "Ufa", "Terek", "Ural" kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda ham g'alaba nimaligini bilmayaptilar.



