Evro-2024da "VAR" qarorlari stadion ekranlarida batafsil tushuntirib boriladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2024
UEFA hakamlar qo'mitasi raisi Roberto Rozetti Yevropa chempionati vaqtida "VAR"dan foydalanilgan hollarda tomoshabinlar avvalgidan ko'ra ko'proq ma'lumot olishlari mumkin bo'ladi.

Takroriy lavhalarni tomosha qilgach, qarorlarning texnik tushuntirishlarini katta ekranlarda ko'rish mumkin bo'ladi.

Mutaxassis shu kabi holatga misol keltirdi:

"Penalti, qo'l bilan o'yin. Germaniya terma jamoasining to'qqizinchi raqamli futbolchisi, tabiiy holatda bo'lmagan va tanasidan yon tomonda bo'lgan, chap qo'li bilan to'pga tegdi".

Shuningdek, Rozetti qo'shimcha qildiki, hakamlarga vaziyat bo'yicha izoh talab qilib faqatgina jamoa sardorlari murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Hakam bilan tortishgan, unga keskin munosabatda bo'lgan boshqa shahslar ogohlantirish bilan jazolanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: france24.com