

Xorvatiya - Italiya 1:1
Gol: Luka Modrich 54', 90+8 Zakkani.
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Maer, 80), Kovachich (Ivanushec, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich (Yuranovich, 90).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenco, Darmian (Zakkani, 81), Bastoni, Kalafori, Dimarko (Keza, 57), Jorjino (Fadjoli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.
Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushec (73), Pongrachich (78), Stanishich (82), Brozovich (90+1), Kalafori (90+3).
"B" guruhining yakuniy jadvali. Ispaniya va Italiya keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Xorvatiya mo'jiza yuz berishini kutadi.

90+9. O'yin yakunlandi! Italiya keyingi bosqichda!
90+8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Italiya qo'shib berilgan oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirmoqda. Rikardo Kalafori Mattia Zakkaniga mukammal uzatma berdi. Mattia Zakkani esa super zarba bilan vaziyatga nuqta qo'ymoqda!

90+6. Sariq kartochka olish navbati Fadjoliga keldi.
90+3. Kalafori ham o'ziga tegishli sariq kartochkadan bebahra qolmadi.
90+2. Skamakka uzoq masofadan darvozaga kuchli zarba yo'lladi.
90+1. Marselo Brozovich o'ta qo'pol o'yin uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
90. O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi.
89. Xorvatiya tarkibida o'zgarish. Tempni tushirish maqsad qilingan. Kramarich o'rniga Yuranovich maydonga tushdi.
87. Uxxxxx! Italiya qanday vaziyatni ko'kka sovurmoqda!? Kezaning qanotdan oshirgan to'pini Skamakka darvozaga to'g'rilab yubora olmadi...
85. Italiya tinmay hujum uyushtirishga harakat qilmoqda, ammo biror xavfli vaziyat yaratish qiyin kechmoqda.
82. Yosip Stanishich juda qo'pol o'ynagani sabab ogohlantirildi.
81. Italiya tarkibida o'zgarish. Darmian va Jorjino maydondan olindi. Jadjiolli va Zakkani maydonga tushirildi.

80. O'zgarish. Luka Modrich maydondan muxlislarning olqishi ostida chiqib ketmoqda. Uning o'rnini Lovro Mayer egallaydi.
75. Italiya termasi tarkibida o'zgarish. Janluka Skamakka maydonga tushdi, Raspadori esa zaxiraga olindi.
67. Italiya bosimni oshirmoqda.
66. ZARBAAA! Darmian qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.
Ayni damda "B" guruhining onlayn jadvali shu ko'rinishda:
60. Luka Modrich ko'pol "podkat" sabab ogohlantirildi.
60. O'yin "yonishni" boshladi!
56. Italiyadan tezkor reakciya: Dimarko o'yindan olindi. Maydonga Federiko Keza tushirildi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Luka Modrich gol urmoqda. Xorvatiyalik futbolchi bir daqiqa oldin penaltidan foydalana olmagandi. Modrich keyingi hujumning o'zida gol urmoqda!
54. Donnarumma penaltini qaytarmoqda! Janluiji kimsan Luka Modrich bergan zarbani qaytardi!
53. Penalti! Xorvatiya 11 metrlik zarbaga ega bo'lmoqda.

53. Bosh hakam VARni tekshirmoqda.
52. Xorvatlar penalti so'rashmoqda. Davide Fratezi darvozaga berilgan to'pni qo'li bilan qaytargani ma'lum bo'lmoqda.
46. Ikkinchi bo'lim boshida ikki jamoada bittadan o'zgarish bo'ldi. Xorvatlarda Mario Pashalich o'rniga Ante Budemir maydonga tushdi. Italiyada Pellegrini o'rnini Fratezi egalladi.
46. Ikkinchi taymga start berildi.
45+1. Dastlabki 45 daqiqalik o'z yakuniga etdi. Hisob hozircha ochilmadi.
45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.
44. Birinchi bo'limning oxirlarida jamoalar biroz tempni tushirishdi.
36. Lorenco Pellegrini jarima maydoni chegarasidan darvoza tomon zarba yo'lladi. Livakovich o'z o'rnida.
31. Modrichning qanotdan bergan xavfli uzatmasini Donnarumma bartaraf etdi.
27. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Bastoni tahminan 4-5 metrdan bosh bilan Xorvatiya darvozasini nishonga oldi. Livakovichdan super seyv! O'yindagi eng xavfli vaziyat shu bo'ldi.

26. Mateo Retegi yana bir zarba yo'lladi, bu urinish yana manzilga yetib bormadi.
24. Luka Suchich qo'polligi sabab ogohlantirildi.
22. Retegidan yana bir zarba! Bu safar ham to'p himoyachilar tomonidan bloklandi.
21. ZARBAAA! Retegi bosh bilan Xorvatiya darvozasini ishg'ol qilishiga oz qoldi. Unga himoyachi halal bergan ekan.
19, Pongrachich raqib futbolchisining boshiga kelib urildi. Italiyada jarima zarbasi.
15. Italiyaning hujumlari xavfli ko'rinish olib bormoqda.
14, Barella to'pni o'ng qanotga ajoyib tarzda uzatib berdi. Di Lorenco yana bir marta himoyachini mo'ljalga oldi.
7. Di Lorenco qanotdan xavfli hujum uyushtirdi, ammo uning uzatmasini himoyachi qaytarib yubordi
1. O'yin boshlandi







