

Ochilish o'yinida mezbon Germaniya Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. O'quvchilarimiz uchun tanlov e'lon qilamiz:
Ushbu xabar tagida o'yin natijasi va gol mualliflarini taxmin qiling. Eng birinchi aniq topgan ishtirokchi Alfraganus universiteti va Coca Cola brendidan sovg'alarni yutib oladi. Agar hech kim aniq topa olmasa birinchi eng yaqin kelgan o'quvchi g'olib deb topiladi.
Masalan: Germaniya - Shotlandiya 0:1, gol Kreyg Gordon.
Tanlov 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59ga qadar davom etadi.

Yevropa chempionati vaqtida deyarli har kuni homiylarimiz yordamida sovrinli tanlovlarni e'lon qilamiz.



