Evro-2024 musobaqasiga yo'l olgan 16 terma jamoa ma'lum bo'ldi

Nozimov Nig'monxo'ja
19 noya 2023, 09:01
Kechagi uchrashuvlardan so'ng Shveytsariya, Niderlandiya va Ruminiya kelasi yili bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, Germaniyada bo'lib o'tadigan qita chempionatida ishtirok etadigan 16 ta mamlakat aniq bo'ldi. Ular: Germaniya (mezbon), Belgiya, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Shotlandiya, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Angliya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Shveytsariya, Niderlandiya va Ruminiya. 

Evro-2024 14 iyundan - 14 iyulga qadar Berlin, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt-na-Mayn, Gelzenkirxen, Gamburg, Kyoln, Leyptsig, Myunxen va Shtutgart kabi shaharlarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com