Evro-2024. Bugungi o'yinlarni boshqaradigan hakamlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2024, 12:42
UEFA 1 iyul, dushanba kuniga belgilangan Evro-2024 1/8 final o'yinlariga hakamlarni tayinladi.

Fransiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda shvetsiyalik hakamlar ishlaydi: bosh hakam – Glenn Nyuberg, assistentlar – Maxbod Beygi va Andreas Sederkvist. To'rtinchi hakam – litvalik Donatas Rumshas, VAR hakami – niderlandiyalik Pol van Bukel.

Portugaliya – Sloveniya uchrashuvini italiyalik hakamlar boshqarib boradi: bosh hakam – Daniele Orsato, assistentlar – Chiro Karbone va Alessandro Jallati. To'rtinchi hakam – norvegiyalik Espen Eskos. VAR hakami – Massimiliano Irrati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com