Evro-2020ning navbatdagi ishtirokchisi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
13 okt 2019, 01:45
Biroz oldin, Evro-2020 saralashining 7-turidan o'rin olgan Italiya – Gretsiya bahsi o'z yakuniga etdi.

Unda mezbonlar ishonchli tarzda (2:0) zafar qozonishdi.

Shu tariqa, Roberto Manchini shogirdlari kelasi yil bo'lib o'tadigan qita birinchiligi yo'llanmasini muddatidan oldin hal etgan ikkinchi terma jamoaga aylanishdi. Avvalroq, Belgiya vakillari ham Evro-2020 masalasini ijobiy hal etishgandi. 

Eslatib o'tamiz, italiyaliklar G guruhida yuz foizlik natija ko'rsatgan holda 21 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia