Evro-2020 ishtirokchilari soni, guruh bosqichi, qur'a tashlash marosimi haqida kerakli faktlar

21 noya 2019, 12:27
Yevropa chempionatining navbatdagi musobaqasiga saralash bosqichi yakunlanganidan xabaringiz bor.

Unga ko'ra, hozircha Evro-2020 musobaqasining 20ta ishtirokchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Pley-off o'yinlaridan so'ng guruhlarda uchinchi hamda to'rtinchi o'rinni olgan 16 jamoa qolgan 4ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

Pley-off bahslari kelasi yil bahorda, yani mart oyida (26-31 kunlari) bo'lib o'tadi.


Pley-offda o'ynaydigan jamoalar ro'yxati:

Kosovo, Bolgariya, Serbiya, Shimoliy Irlandiya, Belarus, Irlandiya, Gruziya, Slovakiya, Vengriya, Norvegiya, Ruminiya, Makedoniya, Isroil, Islandiya, Shotlandiya, Bosniya va Gertsegovina.

Yevropa chempionatining final bosqichiga yo'llanma olgan jamoalarga UEFA 9,5 million evro pul mukofoti beradi.


Jamoalar Yevropa chempionatida qancha mablag' ishlab olishlari mumkin?

Guruh bosqichida: Har bir g'alabaga - 1,5 million evro. Durang - 750 ming evro. 

Guruh bosqichidan chiqish uchun - 2 million evro.

Chorak finalga chiqqan jamoaga - 3,5 million evro.

Yarim finalga chiqqan jamoaga - 5 million evro. 

Musobaqada ikkinchi o'rinni olgan jamoaga - 7 million evro.

Chempion jamoaga - 10 million evro.

Yevropa chempionatining bo'lajak g'olibi mazkur musobaqa orqali maksimum 34,5 million evro ishlab topishi mumkin.


Bilasiz, Yevropa chempionati 2016 yildan boshlab 16 ishtirokchi emas, balki 24 jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda. Tabiiyki bunday holatda jamoalar to'rttadan 6ta guruhga bo'linishadi.

Bu galgi Yevropa chempionati mazkur musobaqaning 60 yilligi munosabati bilan bitta mamlakat mezbonligi ostida emas, balki Yevropaning 12ta yirik mamlakatida o'tkaziladi. Jamoalarga qulay bo'lishi uchun guruh o'yinlari ham o'zaro yaqin joylashgan davlatlar o'rtasida o'tadi.


Evro-2020ga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro'yxati:

- Ozarboyjon, Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va Shotlandiya.


Evro-2020 o'yinlari o'tadigan 12 stadion nomi:

Uembli (London, Angliya)

Allyanc Arena (Myunxen, Germaniya)

Gazprom Arena (Sankt-Peterburg, Rossiya)

Olimpiyskiy (Baku, Ozarboyjon)

Aviva (Dublin, Irlandiya)

Ferenc Pushkash (Budapesht, Vengriya)

Olimpiko (Rim, Italiya)

Xempden Park (Glazgo, Shotlandiya)

San-Mames (Bilbao, Ispaniya)

Yoxan Kroyf Arena (Amstyerdam, Niderlandiya)

Parken (Kopengagen, Daniya)

Milliy (Buxarest, Ruminiya)


Evro-2020ga yo'llanma olgan jamoalar qur'a murosimida savatchi bo'yicha quyidagidek joylashadi:

1-savatcha

Belgiya, Italiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Ukraina

2-savatcha

Fransiya, Polsha, Shveytsariya, Xorvatiya, Niderlandiya, Rossiya

3-savatcha

Portugaliya, Turkiya, Daniya, Avstriya, Shvetsiya, Chexiya.

4-savatcha

Uels, Finlandiya, Pley-off A, Pley-off B, Pley-off C, Pley-off D.

Belgiya avtomatik ravishda qur'a jarayonida "B" guruhidan, Italiya "A", Angliya "D", Germaniya "F", Ispaniya "E", Niderlandiya "C", Rossiya "B", "Daniya" ham "B" guruhidan joy oladi.

Yevropa chempionatidagi "B" guruhidagi dastlabki uchta jamoa nomi qur'adan avval ma'lum bo'lib ulgurgan. To'rtinchi jamoa esa qur'a orqali Finlyandiya yoki Uels bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida: Finlyandiya o'z tarixida ilk bor Yevropa chempionatiga yo'llanma oldi va ular uchun mazkur musobaqa debyut ishtirokka aylanadi.


Qur'a tashlash marosimi 30 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda bo'lib o'tadi.

Yevropa chempionatining final bosqichi 2020 yili 12 iyun kuni boshlanadi va bir oy davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia