Evrebyo: "Chelsi" - "Barsa" uchrashuvidagi xatolarimni unutdim va baxtli yashayapman"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2018
Norvegiyalik hakam Tom Xenning Evrebyo "Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin ushbu jamoalar o'rtasida kechgan 2009 yildagi mojaroli o'yin haqida esladi.

Referi o'sha bahsda ispan klubi foydasiga bir nechta xatoga yo'l qo'ygan edi.

"O'sha kun men uchun eng yaxshilaridan biri bo'lmagan. Ammo hakamlar bunday xatolarga yo'l qo'yib turadi. Futbolchi va murabbiylar ham xato qiladi. O'sha kun bilan maqtanmayman. Bir nechta xatoga yo'l qo'ydim va bular haqida hammaning o'zi fikri bor. Qaytaraman, murabbiy va futbolchilar ham xato qilishadi, biroq ular bilan hech narsa yuz bermaydi. O'yindan so'ng hech bir futbolchi bilan suhbatlashganim yo'q. "Chelsi" muxlislari menga o'lim bilan tahdid qilishgan. 2012 yilgacha vaziyat yumshamagan, ammo hozir hammasi ortda qoldi.

Ushbu intervyudan so'ng bazi muxlislar yana meni eslashlari aniq. Biroq bundan havotirlanmayman. Odamlar o'zi istaganidek yashashlari mumkin. Osloda oilam va do'stlarim bilan baxtli hayot kechiryapman. Xatolarimni unutdim" - deydi Evrebyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca