

“Everton” bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar sifatida portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra ko'rilmoqda. Ushbu murabbiy “Benfika” va “Olimpiakos”da faoliyat olib borgan. Shundan so'ng Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga ishga o'tgan.
U ayni damda dunyoning eng ko'p maosh oladigan mutaxassislaridan. Pereyraning maoshi yiliga 30 mln evroni tashkil qiladi.
Qayd etish joiz, Pereyra 2013 yilda ham “Everton” bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko'rilgan. Biroq u o'shanda Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni qabul qilgan.



