"Everton" Raboga qiziqishni saqlab qoldi. Anchelotti xavbekni klubda ko'rmoqchi

Alisher
20 fev 2021, 13:33
"Everton" "Yuventus" xavbeki Adrien Raboga qiziqishni saqlab qoldi.

"Ko'klar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi chizig'ini kuchaytirmoqchi va fransiyalikni bu joyga mos da'vogar sifatida ko'rmoqda.

Anchelotti va Rabo oldin birga PSJda birga ishlashgan va hali ham aloqadalar.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN