"Everton" 59 million funtlik xaridni amalga oshirmoqchi

Alisher
11 iyul 2019, 11:00
Angliyaning "Everton" klubi "Lill" yarim himoyachisi Nikolya Pepega qiziqmoqda.

"Ko'klar" 24 yoshli futbolchi uchun 59 million funt miqdoridagi mablag'dan voz kechishga tayyorlar.

Agar transfer amalga oshsa, bu "Everton" uchun rekord bo'ladi.

Oldinroq, "Lill" prezidenti Jerar Lopes futbolchi uchun Liverpulning ikki klubi kurashayotganligini aytgan edi.

Ivuarlik forvard yakunlangan mavsum klub safida barcha turnirlarda 23ta gol va 12ta assistni amalga oshirishga erishdi.

24 yoshli Pepe "Poitiers" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi Fransiyada tug'ilganiga qaramasdan Kot Ivuar terma jamoasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph