Eshitdik-da! "Bunyodkor" ikki nafar futbolchi bilan xayrlashadi. Ulardan biri "Lokomotiv"ga o'tmoqda

Iskandarov Abdulaziz
16 iyul 2024, 17:14
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Istanbulda davom ettirmoqda.

Klub yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibini boyitishga astoydil bel bog'lagan. Abdulaziz Iskandarovni xabar berishicha, tez orada "temiryo'lchilar" safiga "Bunyodkor" hujumchisi Umid Sultonov kelib qo'shiladi. Aleksandr Krestinin sobiq shogirdini jamoasiga taklif qilgan. Bundan tashqari "qaldirg'ochlar" yarim himoyachi Suhrob Izzatov bilan xayrlashadi. U ham faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Umid Sultonov mavsumning dastlabki qismida Superligada 5 ta o'yinda maydonga tushdi. Izzatovga murabbiylar 12 ta bahsda ishonch bildirishdi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia