

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi "Dinamo" ko'rigida qatnashgan, biroq klub bilan bitim imzolamagan.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchining oilasi yo'l-transport hodisasiga yo'liqqan va u O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan.
Avvalroq u samarqandliklar safida o'ynashi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Damian Lou Yamayka terma jamoasi yetakchilaridan biri bo'lib, AQSH, Norvegiya va Misr klublarida harakat qilgan. Terma jamoa libosida 78 o'yinda 4 ta gol urgan.



