

"Birinchi navbatda FIFAga bunday musobaqada ishtirok etish imkoniyatini taqdim etgani uchun rahmat aytaman. Biz yoshlarimizni sinab olish imkoniyatiga ega bo'lamiz", - deya fikr bildirdi Trinidad va Tobago terma jamoasi ustozi.
- FIFA Series ilk marotaba o'tkazilmoqda. Agar ushbu musobaqa bo'lmaganida katta ehtimol bilan o'z qitasidagi bir terma jamoa bilan nazorat o'yinida ishtirok etgan bo'lardi. Trinidad va Tobago terma jamoasi O'zbekiston bilan to'qnash kelish ehtimoli juda kam edi. Ushbu musobaqa sizga qanchalik maqul keldi? Uzoq mamlakatga safar qilish muammo tug'dirmadimi?
- Bu juda yaxshi musobaqa. Venesuela va Gabon kabi raqiblar bilan
to'qnash kelamiz. Jahon chempionatiga yo'l olgan terma jamoalar ham bor. Ikki raqibimiz ham jiddiy jamoalar. O'z jamoam yaxshi o'yin namoyish etib, kerakli natijani qo'lga kiritadi degan umiddaman.
- O'zbekiston terma jamoasi mundialda Yamayka bilan to'qnash kelishi mumkin. Trinidad va Tobago terma jamoasi esa JCH saralashida Yamayka bilan to'qnash keldi. Yamayka terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz?
- Yamayka yaxshi shakllangan jamoa. Tajribali futbolchilar ko'p. Raqib sifatida sizlarga bosh og'riq bo'lishi mumkin.




