Eshitdik-da! Shog'ulomovlar "Surxon"da ish boshlasa, jamoaning yangi murabbiyi Sergey Tokov bo'ladi

Eldor Akmurzayev
31 dek 2022, 07:45
Termizning "Surxon" klubi rahbariyati iste'foga chiqarilgani to'g'risida xabar qilgan edik.

Ularning o'rnini 2021 yilning yozida yopilgan "Oq-tepa" klubi orqali muxlislarga tanilgan Shog'ulomovlar egallashi to'g'risida mish-mish tarqaldi. 

Biroq, Alisher Shog'ulomov hech qaysi klub bilan muzokara o'tkazilmaganini aytdi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Shog'ulomovlar "Surxon"da ish boshlasa, jamoaning yangi murabbiyi Sergey Tokov bo'ladi. 41 yoshli Tokov futbolchilik faoliyati davomida “Traktor”, “Navbahor”, “Samarqand-Dinamo”, AGMK, “So'g'diyona” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia