Eshitdik-da: "Nasaf" yetakchisi klubdan yangi shartnoma uchun 1,5 milliard maosh so'ramoqda

1 dek 2020, 23:41
Qarshining "Nasaf" jamoasi serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoevich bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Eshitishimizga qaraganda, qarshiliklar joriy mavsumda jamoaning yetakchisiga aylangan Marko Stanoevich bilan o'rtadagi kelishuvni uzaytirish maqsadida futbolchiga yangi shartnoma taklif etishgan. Marko Stanoevich "Nasaf"dan 2021 yilgi mavsum uchun 1,5 milliard (150 ming AQSH dollari) atrofida maosh so'ragan. "Nasaf" esa bunday maoshni serbiyalik futbolchiga to'lashga rozi bo'lishi noma'lum. Agarda har ikkala tomon yangi shartnoma bo'yicha kelisha olishmasa, unda Marko Stanoevich faoliyatini Superliganing boshqa klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Marko Stanoevichning xizmatlariga ayni paytda Superliganing boshqa klublari ham og'iz solishgan. Marko Stanoevich "Nasaf"da qolishga qarshi emas. Agarda futbolchining yangi shartnoma bo'yicha talablari qondirilsa, Marko katta ehtimol yangi mavsumni ham "Nasaf"da o'tkazadi. Aks holda Marko qarshiliklar safini tark etishi mumkin.

Tomonlar hozircha og'zaki muzokaralar o'tkazishgan. "Nasaf" kelasi mavsum uchun smeta tasdiqlanganidan so'ng Marko bilan rasman muzokara o'tkazishi mumkin. Ro'ziqul Berdiev klub rahbariyatidan Marko Stanoevichni jamoada olib qolishni so'ramoqda.

Ma'lumot o'rnida: Marko Stanoevich joriy mavsumda "Nasaf" safida 24 o'yinda 6ta gol urib, 1ta golga assitentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia