Eshitdik-da! "Nasaf" AGMK futbolchisini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2022, 15:36
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsum oldidan o'z safini kuchaytirmoqchi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "ajdarlar" AGMK legioneri eronlik Siyavash Haqnazariyga jiddiy qiziqib qolishgan.

Futbolchining Olmaliq klubi bilan amaldagi shartnomasi bor. Shu bois "Nasaf" Siyavash uchun 100 ming AQSH dollariga yaqin tovon puli to'lashga tayyor.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia