Eshitdik-da! Muzaffarov, Xolmuhammedov va Xolmurodov "So'g'diyona"dan ketishdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2016, 14:44
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yetakchilari jamoadan ketishdi.

Aslida barcha futbolchilarning klub bilan shartnomasi 31 dekabrga qadar tuzilgan. Yanvar oyidan Muzaffar Muzaffarov, Murod Xolmuhammedov va Akmal Xolmurodov boshqa jamoa safida mashg'ulotlarni boshlashadi. Hozircha uchala futbolchi ham vodiy klublaridan biriga o'tishi aytilmoqda.

Muzaffarov mavsum tugaganidan keyinoq "So'g'diyona"dan ketishini ma'lum qilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia