Eshitdik-da! "Andijon" "Navbahor"ning Xebay bo'yicha taklifini rad etdi

Administrator
30 iyun 2023, 20:57
Namangan klubi anchagina katta summani taklif qilgandi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Andijon" klubi "Navbahor"ning  Rubin Xebayni sotib olish bo'yicha bergan taklifini rad etdi. Dastlabki taklif taxminan ikki milliard so'm atrofida bo'lgan.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, Rubin Xebayning "Andijon" klubi bilan ikki yillik shartnomasi bor. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnomada tovon puli 5.5 mlrd so'm qilib belgilangan.  Uni o'z safida ko'rishni istagan klub ushbu so'mmani to'lab, futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.  Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni damdagi narxi 450 ming evro deb baholanmoqda. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia