

Musobaqa 23 may kuni boshlanib 15 iyun kuni tugaydi.
Unda dunyoning eng kuchli 24ta terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqalar Polshaning oltita shahridagi oltita stadionda bo'lib o'tadi.
Shaharlar va stadionlar
Belsko-Byala - "Municipal" stadioni
Bidgoshch - "Zdzislav Kshishkovyak nomidagi" stadion
Gdinya - "Shahar" stadioni
Lyublin - "Arena Lyublin" stadioni
Lodz - "Vidzev" stadioni
Tixi - "Shahar" stadioni

Osiyo qitasidan ushbu Jahon chempionatida Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni ishtirok etadi. O'zbekiston so'nggi bor 2015 yilgi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan edi.
E'tiborlisi amaldagi chempion Angliya va vice-chempion Venesuela bu yilgi musobaqaga chiqa olmagan. Bu mundialda chempion bo'lish bo'yicha rekordchi Argentina hisoblanadi. Ushbu mamlakat terma jamoasi olti marta U-20 toifasida chempion bo'lgan.
Guruhlar
"A" guruhi - Polsha, Kolumbiya, Taiti, Senegal
"B" guruhi - Meksika, Italiya, Yaponiya, Ekvador
"C" guruhi - Gonduras, Yangi Zelandiya, Urugvay, Norvegiya
"D" guruhi - Qatar, Nigeriya, Ukraina, AQSH
"E" guruhi - Panama, Mali, Fransiya, Saudiya Arabistoni
"F" guruhi - Portugaliya, Janubiy Koreya, Argentina, JAR

Jahon chempionatida osiyolik uch nafar bosh hakam ishlaydi. Bular: Ahmad Al Kaf (Ummon), Muhammad Taqi (Singapur) va Adham Makhadmeh (Iordaniya). O'zbekistonlik Ilgiz Tantashev esa zaxira hakami sifatida Polshaga boradi.

Ushbu mundialda 1999 yil 1 yanvar va undan keyin tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishadi.
U-20 mundialda o'ynaydigan mashhur futbolchilar:
Andrey Lunin (Ukraina, "Leganes")
Timoti Vea (AQSH, PSJ)
Alban Lafont (Fransiya, "Fiorentina")
Dan Zagadu (Fransiya, "Borussiya D")
Diogo Dalot (Portugaliya, "Manchester Yunayted")
Saytimiz orqali ushbu Jahon chempionatini kuzatib boring.



