Polsha mo'jizasi davom etadi: liga yakuniga 5 tur qolganda peshqadam jamoa jon saqlash uchun kurashmoqda

Оқил Абдубарноев
26 apr 2026, 17:22
Angliya Premer-ligasida "Manchester Siti" va "Arsenal" o'rtasida chempionlik uchun kurash kechmoqda, ammo bu Ekstraklasadagi jang oldida hech narsa emas.

"Lex Poznan" 29 ta o'yindan so'ng turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ekstraklasa chempioni unvonini saqlab qolishni maqsad qilgan jamoaning oldinda yana 5 ta o'yini bor.

Yaqinda navbatdagi o'yinini o'tkazgan "Gurnik Zabje" ham 49 ochko bilan "Lex Poznan" bilan birgalikda birinchi o'rinni bo'lishib turibdi, biroq ular raqobatchisidan bitta o'yin ko'p o'tkazgan. Oldinda atigi 4 ta uchrashuv qolganini hisobga olsak, hozircha ularning imkoniyati biroz pastroq baholanishi mumkin.

Dunyoning eng yirik ligalarini kuzatib boruvchi futbol muxlislari odatda mavsumning so'nggi beshta o'yinida kubok uchun ikki yoki uchta jamoa kurashadi, deb hisoblashadi. Ammo Polshada unday emas.

photo_2026-04-26_16-46-18.jpgphoto_2026-04-26_16-46-18 (2).jpg

Ettinchi o'rinda borayotgan "GKS Katovice" ham Ekstraklasa chempionligi uchun kurashda faol ishtirok etmoqda. Ular mavsum tugashiga 5 ta o'yin qolganida "Lex Poznan"dan bor-yo'g'i 6 ochkoga ortda qolmoqda.

"Yagelloniya Belostok" o'tgan mavsumda chempionlikni "Lex Poznan"ga boy bergan edi, shuning uchun ular kubokni qaytarib olishga qattiq umid qilishgandi. Ammo juma oqshomida "Gurnik Zabje"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bu umidlar puchga chiqdi: ular bitta ko'p o'yin o'tkazgan holda peshqadamdan 3 ochkoga ortda qolishmoqda.

Chempionlik poygasi qanchalik qiziq bo'lmasin, ligada jon saqlab qolish uchun kechayotgan kurash ham shunchalik hayajonli ekanligini takidlash joiz. Yuqori divizionni uchta jamoa tark etadi, ammo hozirgi vaqtda xavfli hududda joylashgan klublarning barchasida I liga (quyi divizion) ishtirokchisiga aylanib qolmaslik imkoniyati mavjud.

"Bruk-Bet Termalica Nececha" ayni damda 28 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi. Ular xavfsiz hududdan 8 ochkoga ortda qolishmoqda va oldinda 4 ta o'yin bor – bu juda qiyin vazifa, lekin ilojsiz emas.

Jadvalning xavfli hududidagi qolgan ikkita o'rinni hozircha "Vidzev Lodz" va "Arka Gdinya" egallab turibdi. Biroq bu qismatdan qutulib qolish uchun ularga bitta g'alaba ham kifoya qilishi mumkin, qolaversa, har ikki jamoada yana 5 tadan o'yin bor.

16-o'rinni egallab turgan "Arka Gdinya" joriy mavsumda 39 ochko jamg'arib, 8-o'rinda borayotgan "Motor Lyublin"dan bor-yo'g'i 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Shunday qilib, mavsum yakuniga yaqinlashar ekanmiz, xavfli hududdagi so'nggi ikkita o'rin uchun o'nta jamoa o'rtasida haqiqiy jang ketmoqda.

Barcha 18 jamoa chempion bo'lishi... yoki quyi ligaga tushib ketishi mumkin bo'lgan Polsha ligasiga xush kelibsiz

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia