

Bosh murabbiy Andrey Fyodorov bergan ma'lumotga ko'ra, ertaga jamoa ikkiga bo'lingan xolda nazorat o'yini o'tkazadi. Shunday so'ng, o'yinchilarga 2 kunlik dam beriladi. Farg'onaliklar 15 yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tib, yana mashg'ulotlarga kirishishadi.
Xabaringiz bor, "Neftchi" jamoasi Toshkentdagi yig'inda "Obod"ga qarshi nazorat o'yinida ishtirok etadi. Ikki taraf kelishuviga ko'ra, uchrashuv sanasi o'zgardi. "Obod" - "Neftchi" o'yinida 18 yanvar kuni emas, balki 19 yanvar kuni bo'lib o'tishi reja qilindi.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati.



