Ertaga A va B Pro-liga uchun qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2019, 16:21
Bilasiz, Professional futbol ligasi ayni paytda A va B Pro-ligalarida to'p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

“Mashal”, “Neftchi”, “Sho'rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatoriga bugun bo'lib o'tgan PFL kubogi-2019 finalchilari – “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari qo'shilishadi.

Ertaga, 23 mart kuni soat 14:00da PFL binosida A va B Pro-ligalari 2019 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz