Errera: "Odamlar PSJ haqida gapirishni yaxshi ko'rishadi"

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 22:02
Ander Errera murabbiylar almashinuvi tufayli PSJni beqaror klub deb hisoblamaydi.

Oldinroq jamoani Maurisio Pochettino o'rniga Kristof Galte boshqarishi xabar qilingandi.

- Balki PSJga murabbiylar borasida barqarorlik yetishmayotgandir?- 

"Yo'q. Odamlar PSJ haqida gapirishni yaxshi ko'rishadi. Ko'p jamoalarda o'zgarishlar tufayli beqarorlik kuzatilmoqda, ammo bu haqda gapirishmaydi. "Tottenxem", "Inter" va "Barsa"da qancha murabbiy almashdi?

PSJ hammaning og'zida va biz buni qabul qilamiz, lekin menimcha, murabbiy o'zgarishi barqarorlik yo'qligidan dalolat bermaydi. Loyihani o'zgartirsangiz ham, uni saqlab qolish mumkin", – dedi parijliklar yarim himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS