Eronlik jurnalistlar federatsiya prezidentidan xafa

Xayrulla Xoliqov
28 avg 2019, 16:12
OAV xodimlari federatsiya prezidenti Mehdi Tajning gaplariga norozilik bildirishdi.

Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Taj o'z intervyularidan birida shunday degandi: "Agar kimki matbuot anjmanida terma jamoa murabbiyiga provakacion savol bersa to'rt yilga akkreditatsiya berishdan mahrum qilamiz". 

Uning mana shu gapi OAV vakillari o'rtasida ko'plab norozilik uyg'otdi. Faxriy jurnalistlardan biri G'ulomrizo Rafie bu haqda shunday dedi: "Qonunni hamma birdek hurmat qilishi kerak. Lekin Mehdi Taj federatsiya prezidenti sifatida jurnalistlar oldiga cheklov qo'ya olmaydi. Chunki futbolda hamma o'z ishini qilsagina rivojlanish bo'ladi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com