Eronlik hakam JCHdan keyin ketadi

Xayrulla Xoliqov
4 iyun 2018, 16:22
OFK referisi Alirizo Fag'oni jahon chempionatidan keyin hakamlik faoliyatiga nuqta qo'yishini ma'lum qildi.

40 yoshli hakam bu haqda shunday dedi: "Jahon chempionati faoliyatimdagi eng oxirgi musobaqa bo'lib qoladi. Shundan so'ng hakamlikni tugataman".

Ma'lumot uchun, Alirizo Fag'oni Osiyoning eng mashhur hakamlari sirasiga kiradi. U O'zbekiston klublari va terma jamoalari ishtirokidagi bir qator o'yinlarni ham boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia