Eron o'rtoqlik o'yinida Venesuelani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 23:59
Osiyo qitasidan birinchilardan bo'lib JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgan Eron terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanmoqda.

Guruhimiz g'olibi sifatida mundial chiptasiga ega chiqqan Karlush Keyrush shogirdlari bir necha daqiqa avval Venesuela terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. 

Gollandiyada o'tgan o'rtoqlik uchrashuvining 57-daqiqasida Alirizo Jahonbaxsh tomonidan kiritilgan yagona gol Eronga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etdi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia