Eron Litva bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, biroq...
Mirjalol Normatov
2 iyun 2018, 17:39
Eron tyermasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, tyerma jamoa bir necha kunlardan keyin Moskvada Litva tyermasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
"Eron - Litva uchrashuvi 8 iyun kuni Bakovka bazasining mashg'ulotlar maydonida yopiq rejimda bo'lib o'tadi. Tabiiyki, o'yinni muxlislar va jurnalistlar stadiondan kuzatib borishmaydi", - dedi Eron tyermasi matbuot xizmati vakili Felipe Santush.