

"Bugungi voqealar va AQSH tomonidan qilingan hujumdan so'ng jahon chempionatiga umid bilan qarash qiyin, lekin bu masala bo'yicha qaror sport tashkilotlari rahbarlari tomonidan qabul qilinishi kerak", - dedi Tadj Marca nashriga bergan intervyusida.
Eron terma jamoasi JCH-2026 ga yo'llanma olgan va G guruhida Belgiya, Misr hamda Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi. Ularning barcha uchta o'yini AQSH hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan.



