Ermatov klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga video takrorlar bo'yicha yordamchi hakam sifatida taklif etildi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2016, 15:59
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2016 yildagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishlash uchun taklif etildi.

8 – 18 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan ushbu musobaqa o'yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo Futbol Konfederatsiyasidan Bahraynlik hakam Navof Shukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi bu turnirda ishlaydi. O'zbekistonlik Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo'yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.

Takidlash kerakki, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini engillashtirish  va qarorlar adolatliligini taminlashni mukammallashtirish maqsadida  video takrorlar texnologiyasini amalga tadbiq qilib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com