Eriksen yozda Ispaniyaga yo'l olishi mumkin

14 noya 2018, 00:19
"Tottenhem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen klub bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.

Goal nashrining ma'lumotiga ko'ra, daniyalik pleymeyker Kristian Eriksen hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayapti. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yilda o'z yakuniga yetishiga qaramasdan, 26 yoshli xavbek ushbu kelishuv manfaatli bo'lmasligini takidlamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, "shporlar" ustozi Maurisio Pochettino bilan Kristian Eriksen o'rtasida tushunmovchilik paydo bo'lgan. Ushbu vaziyatni Ispaniya grandlari - yozda Eriksenni sotib olishga harakat qilayotgan "Real" va "Barselona" klublari, jiddiy kuzatib borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com